Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tasviriy va amaliy san’at festivali - istiqlol yutuqlari ko‘zgusi
16:35 / 2021-03-13

Shu yilning aprel oyida respublikamizda Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda qator vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Akademiya rahbariyati va tizimdagi tashkilot hamda ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida ushbu festivalga  bag‘ishlangan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning 2020 yil 18 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida"gi  qarori eng ulug‘, eng aziz bayramni shodu xurramlik bilan nishonlashda muhim dasturilamal bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Qutlug‘ ayyom bu yil "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari dasturi asosida keng nishonlanadi. Hozirdanoq ushbu ayyomni baland ruhda nishonlash uchun vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

     O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziluvchi Tasviriy va amaliy san’at festivali mustaqillik yillarida nafis san’at sohasida erishilgan yutuqlarni, sohaga oid yangiliklarni keng ko‘lamda namoyish etishda muhim ijodiy maydon vazifasini o‘taydi. Shu bois mazkur ijodiy loyihani eng mo‘’tabar bayramimizga munosib tarzda o‘tkazish  muhimligiga yig‘ilishda alohida e’tibor qaratildi.

    Milliy san’atimizda erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib qilishga oid  ushbu san’at haftaligiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori tashkiliy va ijodiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha masalalar batafsil muhokama qilindi.

     N.Usmonova,

          O‘zA