“Toshkent” nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining “TAVSIYALAR” risolasini nashrdan chiqardi.
Risolada 2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da tasviriy targ‘ibot vositalari orqali amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlarida qo‘llaniladigan iqtiboslar, matnlar, hikmatli so‘zlar, xalq maqollari jamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori va davlat dasturi, tantanali marosimlardagi nutqlari, farmon va qarorlari, bayram tabriklari, asarlaridan olingan iqtiboslar, ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, Yangi O‘zbekistonni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi vazifalari bilan bog‘liq matnlar, hikmatlar, shuningdek, hadis va xalq maqollari, she’riy misralar, Ona – Vatannni himoya qilish, mustaqilligimizni mustahkamlash, ayollarni ulug‘lash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, klaster, davlat tili, yoshlar, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik hamda milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga undovchi shiorlar risoladan o‘rin olgan.
Tavsiyalar vazirlik va idoralar, hokimlik va qo‘mitalar, agentlik va uyushmalar, birlashmalar, banklar, kompaniyalar, markaziy maussasalar, mahalla, ta’lim muassasalari, tadbirkorlar va jamoat tashkilotlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, oddiy kitobxonlar kitob javonidan ham munosib joy olishga haqli.
O‘zA