French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashvish” xabarlari asosida 59 ta o‘g‘rilik jinoyatining oldi olindi
14:02 / 2023-12-27

AOKAda Milliy gvardiya mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘riqlash faoliyatiga oid qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Qo‘riqlash bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan texnik qo‘riqlov qamrovini kengaytirish, qo‘riqlovdagi ob’ekt va xonadonlar sonini ko‘paytirish orqali “tashvish” xabarlari bo‘yicha zudlik bilan voqea joyiga yetib boruvchi qo‘shimcha yangi tezkor harakatlanuvchi guruhlarni tashkil etish borasida 2023 yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.  

Texnik qo‘riqlov qamrovi kengayib, qo‘shimcha 187 ta tezkor harakatlanuvchi guruh xizmati yo‘lga qo‘yildi. Texnik qo‘riqlovdagi ob’ektlar soni 12 foizga, xonadonlar soni 45 foizga ko‘paydi. Tezkor harakatlanuvchi guruhlar tomonidan joriy yilda kelib tushgan “tashvish” xabarlari asosida 59 ta o‘g‘rilik jinoyatlarining oldi olingan bo‘lsa, ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda sud va tergov organlaridan yashiringan 30 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.  

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, huquqbuzarlik va jinoyatlarni, ayniqsa mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlashning texnik vositalarini o‘rnatish Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan bepul amalga oshirib kelinmoqda.  

Shuningdek, fuqarolarga o‘z xavfsizligini ta’minlash yoki mulkini qo‘riqlovga topshirish uchun murojaat qilishida qulaylik yaratish maqsadida Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasida “1131” aloqa markazi, telegram bot faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, bundan tashqari QBB.uz veb-sayti orqali onlayn ariza qoldirish imkoniyatlari taqdim etilgan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA