Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashrifdan so‘ng sohadagi o‘zgarishlar jadallashdi
16:52 / 2021-02-03

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub burilishlar, ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrini boshlab berdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida joylardagi muammo va imkoniyatlarni mahalla darajasida o‘rganish, aholi bandligi va daromadini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi ish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi. Ayniqsa, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yangi ta’lim muassasalari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Joriy yilda viloyatda investitsiya dasturlari asosida 18 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 6 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. Buxoroda Prezident maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Matematika, axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya va fizikaga ixtisoslashgan 16 ta maktab tashkil etiladi.  

Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng yana 12 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi. Vobkent tumanidagi 34-maktabning moslashtirilgan binosi o‘rniga zamonaviy maktab loyihasi asosida 330-o‘rinli bino qurilishi, Buxoro shahridagi 39-, Buxoro tumanidagi 2-, Kogon tumanidagi 15-, Peshko‘ tumanidagi 34-, Romitan tumanidagi 3-, Qorako‘l tumanidagi 4-, Olot tumanidagi 11-umumta’lim maktablari rekonstruksiya qilinishi, Vobkent tumanidagi 26-, Jondor tumanidagi 27-, Shofirkon tumanidagi 30- va G‘ijduvon tumanidagi 17-umumta’lim maktablarini mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan.  

Amaliy sa’y-harakatlar Olot tumanidan boshlandi. Biz dastlab “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini o‘rganib chiqdik.  

Mazkur ta’lim muassasasi 340 o‘rinli bo‘lib, 220 o‘rinli 1-o‘quv binosi 1964 yilda, 120 o‘ringa mo‘ljallangan 2-o‘quv binosi esa 2009 yilda qurilgan. Ayni paytda bu yerda 290 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Maktabning eski moslashtirilgan binosi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Moddiy-texnik ta’minotida ham ancha kemtikliklar mavjud. Ayni shu ehtiyojlardan kelib chiqib, ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Maktabning eski o‘quv binosi o‘rniga zamonaviysini barpo etish, mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, o‘quv xonalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida bezatish, pedagog kadrlar tarkibini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish kabi yo‘nalishlarda rejalashtirilgan ishlarning aniq mexanizmlari yaratildi.  

Ayni paytda mazkur dastur asosida maktabning kirish qismi va fizika, kimyo, biologiya, informatika fan xonalarini talab darajasida ta’mirlash hamda jihozlash, bino atrofini obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Informatika xonasida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ishlash imkoniyati yaratildi. Maktabning 120 o‘rinli o‘quv binosidagi issiqlik tizimi ko‘rikdan o‘tkazildi. Ish faoliyati yaxshilandi. Sinf xonalaridagi eski yoritgichlar zamonaviy energo-tejamkor lampalarga almashtirildi.  

Bu kabi o‘zgarishlar viloyatning boshqa hududlarida ham jadal boshlab yuborilgan.

 

Dilfuza MUSTAFOEVA,  

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i