Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashrifdan so‘ng: barcha qulaylik aholi uchun
19:15 / 2023-11-30

Prezidentimiz 2023 yil 24-25 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida hududda transport sohasini rivojlantirish, xususan havo transporti qatnovini sezilarli darajada oshirishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Yo‘lovchilar, mutasaddilar oldiga kutib oluvchilar va kuzatuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qarshi xalqaro aeroportining aerovokzal  hududida zamonaviy talablarga javob beradigan 300 o‘rinli avtoturargoh barpo etish vazifasi qo‘yilgandi.  

– Yurtboshimizning aerovokzal hududida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan mazkur topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida loyiha ishlab chiqilib, uni yo‘lovchilar, kuzatuvchilar, jamoat transportlari haydovchilari bilan atroflicha muhokama qildik, – deydi aeroport direktori U.Kurbannazarov. – Chunki barpo etiladigan ob’ekt eng avvalo ular uchun qulay bo‘lishi kerak.  Avtoturargohda yengil avtomobillar uchun alohida, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun alohida joylar ajratiladi. Shuningdek, hududga 5 daqiqagacha kirishga ruxsat berilgan barcha avtomobillar hamda yo‘nalishli jamoat transportlari uchun alohida yo‘lak va bekat bunyod etiladi. Ularning atrofi bo‘ylab kichik do‘kon, kafe-bar va boshqa ovqatlanish shoxobchalari joylashtiriladi. Bu kabi zamonaviy infratuzilma va inshootlar yo‘lovchilar hamda tashrif buyuruvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, hozirda kelib chiqayotgan bir qator noqulayliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Loyihamiz ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgach, ayni paytda uni hayotga tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi.  

[gallery-14842]

Shuningdek, Qarshi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari ko‘rsatmalariga ko‘ra aerovokzal kompleksini qayta ta’mirlash ishlarini yakunlash, Toshkent – Qarshi yo‘nalishidagi aviareyslar sonini haftasiga hozirgi 2 tadan 7 taga yetkazish, Qarshidan Turkiya, Xitoy va Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.  

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari