Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashrif davomidagi vazifalar partiya va deputatlar zimmasiga mas’uliyat yuklaydi
21:22 / 2023-07-31

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimiz hayotiga daxldor bo‘lgan muhim qonun loyihalari muhokama qilindi.

Fraksiya majlisida dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 27-28 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qilgan tashrifi jarayonida belgilab bergan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.

Qayd etilganidek, davlat rahbari “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi tomonidan 75 gektarda tashkil qilingan uzumchilik plantatsiyasini ko‘zdan kechirdi. Bag‘dod tumanidagi Xitoy mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida yaqinda tashkil qilingan “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Fraksiya a’zolari davlatimiz rahbarining mazkur tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar partiya va deputatlar zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklanishini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng kun tartibidagi qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

M.Komilova, O‘zA