Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi va ichki bozorda o‘sish
09:44 / 2026-03-07

Farg‘ona viloyatida 2026-yil yanvar oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 194,5 mln AQSH dollariga yetdi va 2025-yilning yanvar oyiga nisbatan 10,8 mln AQSH dollariga yoki 105,9 % ga ko‘paydi.

Bu raqamning amaliy asoslari bor. Ma’lumki, viloyatning eksport ko‘rsatkichi 2025-yilda 1,1 mlrd dollarga yetkazilgan. Dunyoning 67 ta davlatiga Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar jo‘natilgan edi. Ular orasida 11 ta davlatga, masalan, Meksika, Vengriya, Shvetsiya, Ruminiya, Jazoir, Gretsiya, Slovakiya, Ummon, Tailand va Moldoviyaga ilk bor eksport qilindi. AQSH va Yevropa davlatlariga amalga oshirilgan eksport hajmlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar oshib, 110 mln dollarni (2024-yilda 51 mln dollar) tashkil etdi.
2026-yil yanvar oyi ko‘rsatkichlari yuqori ekani bejiz emas. Chunki joriy yil rejalari katta. 

Bugungi kunda mahalliy tadbirkorlar tomonidan Xitoy bozori naqadar keng ekanligi chuqur anglab yetilgan va ushbu bozorga kirib borish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, zarur infratuzilmalar yaratish boshlangan. 

Bu orqali, Xitoy davlatiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (gilos, o‘rik, olxo‘ri, quritilgan mevalar, uzum danagi, achchiq va shirin mag‘iz, mosh) eksport hajmlari 4 barobarga oshiriladi.

– AQSH, Yaponiya, YeI bozorlariga eksportni oshirish maqsadida 32 ta qishloq xo‘jaligi, sanoat va oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga 40 ta sertifikat olish, 8 ta davlatda (AQSH, Polsha, Germaniya, Afg‘oniston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Yaponiya davlatlarida) yangi savdo uylari va omborlari ochish ustida ish olib borilmoqda, – deydi Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov. – Yuqoridagi “savdo uyi” ochiladigan davlatlar hisobiga eksport qilinadigan mahsulotlar turi 46 taga, eksport hajmi 135 mln dollariga yetkazilishi ta’minlanadi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA