Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi reklamani noqonuniy o‘rnatishga javobgarlik mavjud
11:54 / 2025-03-18

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududida joylashgan ayrim savdo do‘konlari, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan va belgilab berilgan talablar asosida tumanda tashqi reklama va ijtimoiy axborotni joylashtirishning holati, tashqi reklama qurilmalarining qonun talabiga muvofiqligi o‘rganildi.

Jumladan, tumandagi “Do‘stlik” MFY hududida qonunchilik talablariga zid ravishda 7 ta ob’ektda 9 ta reklama o‘rnatilgani aniqlandi. Tartibga solish ishlari doirasida rasmiy ruxsatnomasiz o‘rnatilgan bannerlar uchun savdo do‘konlari va boshqa maishiy-madaniy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari  egalari jiddiy ogohlantirildi. Tegishli ruxsat etiladigan hujjatning yo‘qligi tufayli noqonuniy o‘rnatilgan reklamalar oldirib tashlandi.  

Ushbu jarayon hududning tashqi qiyofasini yaxshilash va noqonuniy reklama vositalaridan tozalash, qolaversa, qonun talablarini bajarish maqsadida amalga oshirilayotganini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Mutasaddi idoralar vakillari noqonuniy reklamalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilishini va barcha tadbirkorlar qonuniy talablarni bajarishi kerakligini, shu bilan birga, rasmiy ruxsatnoma asosida o‘rnatilgan reklama vositalariga hech qanday cheklov qo‘yilmasligini ta’kidlamoqda.

Hududda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan do‘kon egalari tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mahalliy hokimiyat va reklama bo‘limlariga murojaat qilishlari talab etiladi.  

O‘zbekiston Respublikasining Reklama to‘g‘risidagi qonunida tashqi reklamani tegishli ruxsatnomasiz joylashtirish, qonun hujjatlarida taqiqlangan mahsulotlarni reklama qilish BHMning 5 barobaridan 7 barobarigacha bo‘lgan miqdorda jarimaga tortilishi belgilab qo‘yilgan. 

A.Qayumov,  

O‘zA