Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi reklamaga oid bahs sudda yakuniga yetdi
14:07 / 2025-11-07

Reklama sohasidagi qonun talablariga rioya etish, bozorda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va adolatli tartibni saqlash davlat siyosatida muhim o‘rin tutadi.

Shu maqsadda, Raqobat qo‘mitasi tomonidan tizimli nazorat ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqinda Qashqadaryo viloyatida bank muassasasi faoliyatiga oid tashqi reklama masalasi yuzasidan qo‘mita hududiy boshqarmasi qabul qilgan qaror sud tomonidan qonuniy deb topildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida AJ “Infinbank” Qashqadaryo viloyati filialiga tegishli bank binosining tom qismida bank nomi yozilgan katta hajmdagi harfli tashqi reklama ob’ekti, binoning old qismida bank nomi va xizmat turlari aks etgan "bilbord" shaklidagi tashqi reklama hamda I.Karimov ko‘chasida bank binosiga qarshi tomonda, yo‘l chetida AJ “Infinbank” logotipi aks ettirilgan “stela” turdagi tashqi reklama o‘rnatilgani aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan AJ “Infinbank” Qashqadaryo viloyati filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.  

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.  

Broq, AJ “Infinbank” ushbu qaror va ko‘rsatmadan norozi bo‘lib, sud instansiyasi tartibida murojaat qildi, ish yakunida sud da’voni qanoatlantirmasdan hududiy boshqarmaning qaror va ko‘rsatmasini o‘z kuchida qoldirdi.  

Nigora Rahmonova,

O‘zA