Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Tashqi reklama va axborot ob’ektlarini tartibga solishda elektron dasturdan foydalanish” mavzuida ikki kunlik o‘quv va amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda 2025-2026 yillarda tashqi reklama sohasining rivojlanishida elektron dasturlarning roli, yangi yo‘nalishlarda ish yuritish va ularning nazoratini olib borish haqida ma’lumotlar berildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi 428-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalari, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob’ektini (konstruksiyasini) o‘rnatish va unda reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquqni olish uchun yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksion savdolariga chiqarish bosqichlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun reklamalarga qo‘yiladigan talablar, “T-Reklama” elektron monitoring tizimidan foydalanish, tashqi reklamani tayyorlash, joylashtirish hamda tarqatish bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkazildi.
<iframe width="750" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FjrswK4q80c" title="Tashqi reklama sohasida raqamli nazorat joriy etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tadbir davomida kelgusidagi yangi loyihalar, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Nigora Rahmonova,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj)
O‘zA