Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i X.Umarov Muju shahar meri bilan uchrashdi
22:08 / 2021-06-24

Vazir Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga shartnoma asosida uzoq muddatli va mavsumiy ishchilar yuborish masalalarini qayta ko‘rib chiqish, ayni paytda ushbu mamlakatda mehnat shartnomasi bilan ishlayotgan ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Koreya Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar berilgan edi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i X.Umarov va Koreya Respublikasining Muju shahri meri Xvang In Xong bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab uchrashuvda O‘zbekistondan Janubiy Koreyaning Muju shahriga shartnoma asosida mavsumiy ishchilarni (Ye-8 vizasi) ko‘proq jalb qilish masalalari muhokama qilindi. 

O‘zbekistondagi mehnat resurslari salohiyati, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Koreya Respublikasining Muju shahar hokimiyati va ish beruvchilari tomonidan O‘zbekistonning salohiyatli ishchilariga qiziqish bildirildi.

Natijada uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Muju mahalliy hokimligi administratsiyasi o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Muju shahrining o‘zaro bitimi imzolandi.