Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi oʻzgardi
M.Mamatxonov shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi bilan Muhammadzokir Joʻraboyevich Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi etib tayinlandi.
M.Mamatxonov shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini 2018-yildan buyon Tursunov Baxtiyor Poʻlatovich boshqarib kelayotgan edi.