Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ko‘rinish eng muhim omilmi?
16:51 / 2025-11-14

Jamiyat taraqqiy etgani sari tashqi omillarning har bir detaliga alohida e’tibor kuchayib bormoqda. Albatta, bu ham rivojlanishning bir bo‘lagi dermiz. Ammo baho va xulosalar faqatgina tashqi omilga qarab berilishi boshlangani xavotirli.

Hech bir millatda bizchalik oila va uning an’analari muqaddas sanalmasa kerak. 20 va undan yuqori yoshdagi avlodlar yaxshi eslaydi: mavsumiy kiyim-kechak sotib olinishi-yu, uni aka-uka, opa-singillarning almashib kiyishlarini. Darvoqe, biz buning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani haqida fikr yuritmoqchi emasmiz.

Bugun atrofda libosga haddan tashqari mukkasidan ketganlar kishi dilini xira qiladi. Gap faqat kiyinish madaniyatida emas, balki kiyim-kechak masalasida isrofgarlikka yo‘l qo‘yayotganlar haqida ham bormoqda.

— Men hech qachon did bilan, chiroyli kiyinishga qarshi emasman. Albatta, bu ham inson ko‘rki. Faqat xilma-xil, bizga begona bo‘lgan madaniyatga taqlid qilib kiyinadiganlarni ham oqlamayman. Yana bir og‘riqli masala shuki, bu kiyim deganlari kishilarning bir-biriga munosabatini ham o‘zgartirib qo‘ydi. Bu esa achinarli, — deydi Samarqand shahrida yashovchi hamyurtimiz Gavhar Abdurahmonova.

Darhaqiqat, faqatgina tashqi ko‘rinishga qarab chiqarilgan xulosa har doim ham o‘zini oqlamaydi. Zero, oltin ham tuproq tagida bo‘lgani bilan qiymati tushib qolmagan. Shunday ekan, har narsada me’yor mezoniga amal qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Sherbek Islomov, O‘zA