English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligining axboroti eshitildi
12:27 / 2026-03-05

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatining 2025-yil yakunlari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ochiq, pragmatik va tashabbuskor tashqi siyosat natijasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi tobora mustahkamlanmoqda.

Ta’kidlanganidek, davlat boshqaruvida samaradorlikni baholashning zamonaviy tizimini joriy etish, ijro intizomini mustahkamlash va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv madaniyatini qaror toptirish mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi.  

Yig‘ilishda ma’lum qilinganidek, 2025-yil davomida Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati uchun har chorak uchun 50 dan ortiq samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

Tashqi siyosiy faoliyatni iqtisodiy ustuvor vazifalar bilan uyg‘unlashtirish, xorijiy investitsiyalar va xalqaro sarmoyalarni jalb etishda diplomatik vakolatxonalar salohiyatidan samarali foydalanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, Prezidentimizning 2026-yil 15-yanvardagi Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlaridan kelib chiqib, vazirlikning iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatini yanada kuchaytirish, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar ishida savdo-iqtisodiy natijadorlikni asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash jarayonida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, tahlil va monitoring mexanizmlarini takomillashtirish, moliyaviy va tashkiliy resurslardan maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

M.Komilova, O‘zA