Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligining axboroti eshitildi
20:06 / 2026-02-05

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligining davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi, ajratilgan mablag‘larning sarflanish holati hamda ularning samaradorligi yuzasidan axboroti eshitildi.

Eshituvda vazirlik faoliyatining moliyaviy samaradorligi, mablag‘lardan foydalanish shaffofligi hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning barqaror ijrosiga e’tibor qaratildi.  

Prezidentimizning Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlaridan kelib chiqib, iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar ishida savdo-iqtisodiy natijadorlikni asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda moliyaviy operatsiyalar monitoringini yanada takomillashtirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan bog‘liq barcha moliyaviy jarayonlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining yagona elektron dasturiy tizimiga integratsiya qilish borasidagi ishlar holati yuzasidan ham vazirlik axboroti eshitildi.

Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda strategik maqsadlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

M.Komilova, O‘zA