Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar
11:33 / 2022-06-07

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Misrning Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi. Ushbu ma’lumotni vazirlik matbuot xizmati tarqatgan.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston - Misr munosabatining bugungi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.

Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi, hukumatlararo komissiya bo‘lajak Majlisining tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Shu kunning o‘zida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Koreya Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashib, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka oid turli masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Tomonlarning BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zA