Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligida AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
17:06 / 2020-06-30

Muloqot avvalida tomonlar oʻzaro yaqin siyosiy munosabatlar oʻrnatilgani, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.


Xabar berganimizdek, AQSHning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Adam Bolerning mamlakatimizga tashrifi boshlandi. Bugun mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida tomonlar oʻzaro yaqin siyosiy munosabatlar oʻrnatilgani, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

AQSH vakillari Oʻzbekiston rahbariyatining Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishda mintaqaviy yondashuvni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi va ushbu yoʻnalishda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor taʼkidladi.

Muzokaralar chogʻida Afgʻoniston va mintaqamiz oʻrtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirishga koʻmak beradigan qator loyihalarni amalga oshirish uchun AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.