Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti
19:17 / 2022-02-27

Bugun Ukrainaning Lvov shahridan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi «Krakovets-Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti sari yo‘lga chiqdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600dan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha chegarasiga yetkazildi.

Elchixona vakillari ma’lum qilishicha, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.