Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligi bortida oʻzbekistonliklar boʻlgan samolyot halokati yuzasidan izoh berdi
18:51 / 2019-12-01

2-dekabr kuni Oʻzbekiston Elchisi Javlon Vaxabov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.


Oʻzbekistonning Vashington shahridagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil 27-noyabr kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida asli oʻzbekistonliklarni tashiyotgan samolyot halokati sodir boʻlgan joy tegishli tuzilmalar tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilgan, samolyotning barcha parchalari puxta tahlil qilish uchun Toronto shahridagi maxsus tekshiruv markaziga yetkazilgan. Bu haqida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Unda qayd etilishicha, ayni paytda Kanada maʼmurlari bilan birgalikda halok boʻlganlarning jasadlarini aniqlashtirish va ularni qarindoshlariga topshirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Elchixona Kanada TIV va huquqni himoya qilish idoralari vakillari, aviahalokatda vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlari, Toronto shahri va Texas shtatidagi (AQSH) oʻzbek diasporasi bilan yaqin aloqada boʻlib turibti.

2-dekabr kuni Oʻzbekiston Elchisi Javlon Vaxabov Toronto shahrida Kanada transport xavfsizligi kengashi vakillari va mahalliy tergov idoralari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Elchixonaga butun dunyodan taʼziya soʻzlari yetib kelmoqda. Kanadaning Oʻzbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Annik Gule barcha kanadaliklar nomidan aviahalokatda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi hamda har tomonlama yordam va zarur koʻmak koʻrsatishga tayyorligini tasdiqladi. AQSH va Kanadada istiqomat qiluvchi oʻzbek diasporasi vakillari tomonidan Oʻzbekiston Elchixonasi saʼy-harakatlari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 27-noyabr kuni kechqurun yuz bergan fojia sababli 7 kishi - Texasning Xyuston shahrida yashovchi oʻzbekistonlik oila va ularning Kanadadagi yaqinlari halok boʻldi.

Samolyot AQSHda roʻyxatdan oʻtgan va uni egasi Otabek Obloqulovning oʻzi boshqarayotgan boʻlgan.