English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirining Hindistonga tashrifi to‘g‘risida
12:39 / 2021-02-24

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25 fevral kuni Hindiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.

Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Hindiston munosabatining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi joriy holati, sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbolini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi muddati bo‘yicha ham fikr almashiladi.