Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirining Afg‘onistonga tashrifi to‘g‘risida
12:45 / 2021-02-22

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 23 fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.

Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston - Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanishi istiqbolini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mintaqalararo savdo aylanmasini kengaytirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashiladi.