Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘monda yana ikki uchrashuv o‘tkazdi
20:54 / 2022-09-21

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqovning O‘mon Investitsiya suveren fondi raisi o‘rinbosari shayx Nosir al-Harisiy bilan muloqoti davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “UzOmanKapital” investitsiya kompaniyasi imkoniyatidan to‘liq foydalangan holda o‘zaro savdo xajmini oshirish va istiqbolli investitsiya loyihalarni birgalikda yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida O‘mon Investitsiya suveren fondi vakillarini O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

F.Sidiqov bugun O‘mon Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Salim al-Junaybiy bilan ham muzokara o‘tkazib, o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqaning hozirgi holati va istiqbolini muhokama qildi. Tomonlar ayni yo‘nalishda keng imkoniyat mavjudligini ta’kidlab, bu borada ishbilarmon doiralar hamkorligini kengaytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurlistagini ma’qulladilar.

Masqat shahrida “Made in Uzbekistan” savdo ko‘rgazmasini tashkil etish va O‘mon ishbilarmon vakillarining mamlakatimizga tashrifini uyushtirishga kelishib olindi.

Shuningdek, o‘monlik tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA