FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumani Ko‘ktosh mahallasi hududida “Qo‘shtepa fayz tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida zamonaviy issiqxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-27513]
Issiqxonaning umumiy maydoni 40 sotixni tashkil etib, 25 sotixida qulupnay, qolgan qismida sitrus mevalar parvarish qilinmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha yarim gektar maydonda qulupnay ko‘chatlari yetishtirilyapti. O‘tgan yili Koreya Respublikasidan “Sulxan” navli qulupnay ko‘chatlaridan 20 ming tup olib kelinib, ko‘paytirilmoqda.
Ayni qish mavsumida issiqxonada har uch kunda o‘rtacha 200 kilogramm qulupnay hosili yig‘ib olinib, mahalliy bozorlarga yetkazib berilayotir.
Tadbirkor Shuhrat Fayziyev kelgusida issiqxona maydonini yanada kengaytirish, qulupnay hosili hajmini oshirish hamda mahsulotlarni eksportga chiqarishni rejalashtirgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA