Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashkilot rahbariga jarima hisoblandi
10:25 / 2023-08-04

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Navoiy shahar hududida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida Islom Karimov “Innovatsion Group Navoiy” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtda hududdan 3 dona tut daraxtining tag qismidan kesib, olib tashlanganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan MCHJ rahbari R.A. ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 92,4 million so‘m tabiatga zarar hisoblandi.

Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA