Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashkent Pharma Park”da qurilish jadallashadi
16:26 / 2022-06-21

Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini yanada takomillashtirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida umumiy maydoni 130 gektar bo‘lgan yer uchastkasidagi qurilish ishlari ilg‘or texnologiyalarga asoslangani hamda jarayonlar murakkabli inobatga olinib, Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan davom ettiriladi.

Ob’ektlarning xalqaro standartlar asosida barpo etish uchun Qozog‘istonning “Labinax” hamda “Aemtex” kompaniyalari jalb etiladi.

Loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini: 

I bosqichi – ma’muriy bino, qozonxona, transformator, zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish hamda hududini obodonlashtirish ishlari 2022 yil 1 oktyabrga qadar;

II bosqichi – o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, vivariy binosi va ichki muhandislik tarmoqlarini qurish hamda hududni obodonlashtirish ishlari 2023 yil yakuniga qadar;

III bosqichi - Klaster ob’ektlarning qolgan binolari, investorlar binolari va tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda hududlarni obodonlashtirish ishlari 2025 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Qarorda 2022/2023 o‘quv yilida Farmatsevtika texnik universitetida o‘quv jarayonlarini boshlash ham ko‘zda tutilgan. Buning uchun foydalanishga qabul qilingan ma’muriy binoning zarur qismi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, o‘quv-resurs markazi va boshqa tegishli xonalarga moslashtiriladi.

                                                                                             O‘zA