English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi
17:16 / 2017-10-10

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi va O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi.

“Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turnirining birinchi davra bahslari yakunlandiRespublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi va O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Tashkent Challenger – 2017” an’anaviy xalqaro turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi.

Sportchilarimiz Denis Istomin va Farrux Do‘stov musobaqaning birinchi davrasida o‘zaro bahslashdi. Uchrashuvning birinchi setida Denis tay-brekda imkoniyatni boy berdi. Biroq tajribali tennischimiz qolgan setlarda o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olib, 6:7, 6:1, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davrada Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Shuningdek, birinchi davrada belaruslik Vladimir Ignatik, serbiyalik Danilo Petrovich, ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopes, chexiyalik Vatslav Shafranek, italiyalik Matteo Berrettini, Tomas Fabbiano, rossiyalik Konstantin Kravchuk, Aleksandr Bublik, fransiyalik Gleb Saxarov, hindistonlik Yuki Bhambri, misrlik Muhammad Safvat zafar quchib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.