English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"TASHKENT BOOK FEST-2022"da Ozarbayjon madaniyati ham namoyish etilyapti
19:22 / 2022-11-03

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mamlakatimizning turli vazirlik va qo‘mitalari ko‘magida 2019 yildan buyon "TASHKENT BOOK FEST" xalqaro kitob yarmarkasini o‘tkazib kelmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, ishtirokchi mamlakatlar adabiy merosini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, jahon matbaa sanoati tajribasini o‘rganish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

"UzExpo Center" ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi anjumanning ochilish marosimida mamlakatimizda kitob sanoati va kitobxonlikni rivojlantirishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ta’kidlash joiz, bu yil ko‘rgazmaga qiziqish ancha yuqori. Yarmarkada kitob sanoatining yetakchi tashkilotlari, madaniyat muassasalari bilan bir qatorda Ozarbayjon, Turkiya, Misr, Qozog‘iston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Belarus, Qirg‘iziston davlatlari milliy stendi tashkil etilgani ham fikrimizni isbotlaydi.

[gallery-9418]

2-4 noyabr kunlariga mo‘ljallangan "TASHKENT BOOK FEST" III xalqaro kitob yarmarkasida Ozarbayjon nomidan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi qatnashmoqda.

Ko‘rgazmada anchagina keng maydonni egallagan, milliy madaniyatga xos suvenir, gilam, plakat, bayroqlar, ozar va o‘zbek tillaridagi nashrlar bilan bezatilgan ushbu davlat stendi o‘ziga xos loyiha shaklida taqdim etilgan.

Ozarbayjonning daho mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy va o‘zbek adabiyoti sultoni Alisher Navoiy portretlari, ularning har ikki tilda chop etilgan “Xamsa”lari ko‘pchilikka manzur bo‘lmoqda.

Ko‘rgazma ishtirokchilariga yangilik sifatida “Dada Qo‘rqut kitobi”ning o‘zbek tilidagi nashri, Ozarbayjon va O‘zbekiston maqollari, Mirzo Aliakbar Sobir, Ahmad Javod, Shoh Ismoil Xatoiy asarlari namoyishga qo‘y ilgan.

Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan bu yil "Shusha yili" sifatida e’lon qilingani munosabati bilan Xurshidbonu Notavonning o‘zbek tiliga tarjima qilinib, qayta nashr qilingan kitobi, shuningdek Shuhrat Salomovning "Zanguzar - Turkiy dunyo darvozasi" nomli asari ham targ‘ib etilmoqda.

G‘.Xonnazarov, O‘zA