Joriy yilgi “Tashabbusli byudjet”ning 2 mavsumiga 15 iyul kunidan start berilib, 3 avgust kuniga qadar taklif berish bosiqichi yakunlandi. 4-18 avgust kunlari saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 3 kunlik targ‘ibot bosqichidan so‘ng, 22 avgustdan ovoz berish bosqichiga start beriladi.
Navbatdagi qizg‘in bosqich va taklif qilinayotgan loyihalar, ajratilayotgan mablag‘ va eng muhimi ushbu jarayonlarning borishi xususida Iqtisodiyot va moliya vazirligi yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Choriyev bilan suhbatlashdik.
- “Tashabbusli byudjet”ning muhim bosqichi bo‘lgan ovoz berishda fuqarolarimiz qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari lozim?
- 15 iyuldan boshlangan “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumida respublika bo‘yicha 22 263 ta loyiha fuqarolar tomonidan portalga kelib tushdi. Hozirda ularni saralash bosqichi yakunlandi. Ya’ni, tuman-shaharlarda tashkil etilgan ishchi komissiya tomonidan barcha kelib tushgan loyihalar saralash bosqichidan o‘tkazildi. Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra belgilangan mezonlar asosida loyihalar tanlab olindi.
22 263 ta loyiha ichidan 18 mingdan ortig‘i keyingi ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi. Ayni damda targ‘ibot bosqichi davom etmoqda. Ya’ni, tashabbuskorlar tomonidan “biz ovoz berish bosqichiga o‘tdik, ovoz yig‘amiz”, deb o‘zining mahallasi, qo‘ni-qo‘shnilari, qarindoshlari o‘rtasida targ‘ib qiladi.
Ovoz berish jarayoni 10 kun mobaynida o‘tkaziladi. 22 avgustdan 31 avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0-HVHGWGVIc" title="“Tashabbusli budjet”ga ovoz berish qachon boshlanadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA