Iqtisodiyot va moliya vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra “Tashabbusli byudjet”ga joriy yilning birinchi mavsumi bo‘yicha shu kungacha 7 mingdan ziyod mahallalardan 17 372 ta loyiha taqdim etilgan. Eng ko‘p taklif ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid. Shu va joriy yilda “Tashabbusli byudjet”dagi o‘zgarishlar xususida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azimjon Xasanovning fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz.
—Ma’lumki, 1 fevraldan 20 fevralgacha respublikamiz bo‘ylab “Tashabbusli byudjet” jarayonlari boshlandi. Joylarda loyihalar ishlab chiqilyapti. Bu yilgi birinchi bosqichda bu sohaga qancha mablag‘ yo‘naltirilyapti va loyihalarning qaysi biriga ustuvorlik beriladi?
—“Tashabbusli byudjet”ning birinchi bosqichi uchun avvalgi yillarga nisbatan ikki barobar ko‘proq mablag‘lar yo‘naltirilgan. Taqqoslaydigan bo‘lsak, 2021 yilning birinchi mavsumi uchun 1.5 trln. ajratilgan bo‘lsa, joriy yildagi birinchi mavsum uchun 3 trln. so‘mdan ortiqroq mablag‘lar yo‘naltirilganini ko‘rishimiz mumkin.
Bu yerda hech bir loyihaga ustuvorlik berilmaydi. Buni fuqarolar o‘zlarining tashabbuslari asosida, qaysi loyihalarga ko‘proq mablag‘ ajratilishini o‘zlari xal qiladilar.
Eng katta o‘zgarishlardan biri ovoz berish jarayonlarida har bir fuqaro faqatgina bir marta ovoz berishi mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KeLaMtDuWaU" title="“Tashabbusli byudjet”da nima oʻzgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA