Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: yo‘llar ravon, atrofi ko‘rkam bo‘lmoqda
10:31 / 2026-01-13

Surxondaryo viloyatida tashabbusli byudjetlashtirish mablag‘i hisobidan keng, ravon yo‘llar barpo etilmoqda. Atrofi obodonlashtirilib, yashillikka burkanmoqda.

Angor tumanidagi Guliston mahallasi hududidan tuman markaziga kirib keluvchi yo‘lda amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari ham “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida olib borilmoqda. 

Loyiha o‘tgan yil ikkinchi mavsumda “Ochiq byudjet” axborot portalida g‘olib sifatida tanlanib, uni amalga oshirish uchun 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Ezgu tashabbus doirasida yo‘l yoqasi obodonlashtirilib, ko‘zlarga quvonch ulashuvchi turli daraxt ko‘chatlari ekiladi. “Angor tumaniga xush kelibsiz!” yozuvi tushirilgan dekorativ stela o‘rnatiladi. 

Tuman hokimi Qosim Mardonov hududda bajarilayotgan ishlar bilan tanishib, mazkur loyiha tuman infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l atrofini ko‘rkam yashil makonga aylantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi. Barcha ishlarni sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri