Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet” yangi imkoniyatlarga zamin bo‘lmoqda
17:12 / 2023-10-26

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Buxoro viloyati Kogon tumani tibbiyot birlashmasida ilk bor rentgenoskopiya apparati o‘rnatildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi “Tashabbusli byudjet” tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Ajratilgan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga tuman tarixida ilk bor rentgenoskopiya apparati xarid qilindi.  

Germaniya texnologiyasi asosida ishlaydigan mazkur uskuna bemorlarni kontraslash usuli bilan tekshirish, ya’ni bemorning qattiq va qisman yumshoq to‘qimalarini tashxislash imkonini beradi.  

Shu vaqtga qadar mavjud rentgent qurilmasi imkoniyatlari cheklanganligi sababli bemorlar mazkur apparat tekshiruvidan o‘tish uchun viloyat markaziga borishiga to‘g‘ri kelardi.  Endilikda ushbu uskunaning tumanda o‘rnatilganligi, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati oshishiga, shu bilan birgalikda bemorlarning vaqti va xarajatini kamaytirishga xizmat qiladi.  

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri