Tashabbusli byudjet: tibbiyot birlashmasi yangilanmoqda
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Tashabbusli byudjet loyihalari aholining o‘z tashabbusi bilan joylarda muhim ijtimoiy masalalarni hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda. Ushbu jarayon doirasida buxoro viloyatining tumanlarida bir qator muhim infratuzilma ob’ektlari yangilanmoqda.
Olot tumani tibbiyot birlashmasi ham joriy yilning 2-mavsumi doirasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilib, muassasa uchun 1 milliard 500 million so‘mlik mablag‘ ajratildi va ushbu mablag‘ hisobiga tibbiyot birlashmasining fasad qismi rekonstruksiya qilinmoqda, ichki yo‘laklar esa kapital ta’mirdan chiqarilmoqda.


Hozirgi kunga kelib, manzilda qurilish va ta’mirlash ishlari “GIDRO CIVIL ENGINEERING” MCHJ tomonidan jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ta’mirlash ishlari zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etilib, muassasaning tashqi ko‘rinishi to‘liq yangilanadi, ichki harakatlanish hududlari esa bemorlar va xodimlar uchun yanada qulay bo‘ladi.
Zarif Komilov, O‘zA