Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbusli byudjet samarasida ta’lim dargohi issiqlik bilan ta’minlandi
10:03 / 2022-11-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi Navoiy ovuli fuqarolar yig‘inidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashabbusli byudjet asosida 800 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy isitish tizimi o‘rnatilmoqda.

Maktab dargohi juda katta va qish faslida isitish tizimi ko‘p yoqilg‘i talab qiladi. Bundan tashqari, tumandagi bir qancha hududlar tabiiy gazdan uzilganligi sabab,  ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rindosh yoqilg‘ilardan foydalangan holda isitish tizimiga o‘tilgan edi.  

Issiqlik ko‘mir yordamida zamonaviy isitish pechlarini o‘rnatgan holda olib borildi. Maktab 640 o‘ringa mo‘ljallangan hozirgi kunda 2 smenada 1340 nafar o‘quvchi tahsil oladi.  

Zamonaviy isitish tizimi ishga tushgach tuman hokimi Atabek Saparbayev maktabdagi sharoit bilan tanishdi. Iqtidorli o‘quvchilar tomonidan “Besh tashabbus” loyihasi doirasida tashkil etilgan to‘garaklar hamda kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Maktabdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan  20 nafar o‘quvchiga maktab formasi sovg‘a qilindi.  

Hudud faollari va ota-onalar ishtirokidagi uchrashuvda o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, bolalar tarbiyasiga e’tibor qaratish, shuningdek oilada farzand va ota-ona munosabatlariga hamda bugunning bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bo‘ldi.   Maktablarda bu kabi uchrashuvlar davom etmoqda.  

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri