Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbusli byudjet samarasi
10:29 / 2023-02-23

“Tashabbusli byudjet” loyihasi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda jismonan va ma’nan barkamol yoshlarni tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buxoro viloyati Kogon shahridagi 9-umumta’lim maktabi ham mazkur loyihada ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi. Natijada 250 million so‘m mablag‘ evaziga sun’iy qoplamali futbol maydonchasi, 200 million so‘mga zamonaviy kutubxona, 200 million so‘mga kasb-hunar xonalariga qurildi.  

Futbol maydonchasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish  uchun turli musobaqalar o‘tkazilmoqda. Zamonaviy jihozlar va 4 ming 310 nusxadan iborat kitob fondida ega  kutubxona esa o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘quvchilarning sevimli mashg‘ulot xonalariga aylangan kasb-hunar xonalari yigit-qizlar bilan gavjum. Jumladan, qizlar uchun “Pazandachilik”, “Chevarlik”, “Kashtachilik”,  “Yumshoq o‘yinchoqlar yasash” , “Non va non mahsulotlari” to‘garaklari, o‘g‘il bolalar uchun “Duradgorlik”, “Plastik turbalarni payvandlash”  kabi to‘garaklar tashkil etilgan. Ularga 515 nafar 7-11-sinf o‘quvchilari qamrab olingan.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA