Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet” samarali mexanizmga aylandi
19:08 / 2025-12-01

Yurtimizda so‘nggi yillarda keng joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasi xalq manfaatiga xizmat qiluvchi, mahalliy muammolarga tezkor yechim topishga yo‘naltirilgan samarali mexanizmga aylandi. Bu loyiha nafaqat aholining ijtimoiy faolligini oshirmoqda, balki mahallalarda haqiqiy bunyodkorlik ruhini uyg‘otmoqda.

Shu jarayonning yorqin namunalaridan biri Guliston tumanidagi “Boyovut” mahallasida ko‘zga tashlandi. Fuqarolarning tashabbusi va ovozi bilan ilgari surilgan g‘oya amalga oshirilib, mahalla ichki yo‘llari tekis va ravon holga keltirildi.

Boyovut mahallasining ko‘chalari avval achinarli holatda edi. Mahalla aholisi open byudjet orqali birdamlik va hamjihatlik ko‘rsatib, yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. Hozirda  3 kilometrdan ortiq yo‘l asfaltlandi, hashar yo‘li bilan ko‘priklar qurildi.

– Mahallamiz obod, yigit-qizlarimiz asfalt yo‘ldan bemalol maktabga boryapti. Bu katta yutuq va mahallamiz uchun haqiqiy muvaffaqiyat, –  deydi mehnat faxriysi Nurmamat Bobo Oxunov. – Bu barcha ishlar uchun prezidentimizga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.

Mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet”ning 2025-yil ikkinchi bosqichida 6 ming 90 nafar fuqaroning ovozi bilan g‘olib deb topilgan edi. Orzular tez orada ro‘yobga chiqdi. Mahalla ahli uchun bir yarim milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bu tashabbus boyovutliklar uchun “xalq birligi va hamjihatligi”ning yorqin isbotiga aylandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri