Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi g‘olib bo‘ldi
14:04 / 2024-04-15

“Tashabbusli byudjet” loyihasi mavjud moliyaviy mablag‘larni eng muhim masalalarga jalb etish, byudjet sarfi jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Openbudjet” loyihasi doirasida birgina Andijon viloyatining o‘zida joylardagi ko‘p muammolar ijobiy hal etilmoqda. Shu bois, loyihaning ahamiyati, aholining unga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi ortib bormoqda. Loyiha doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.  

“Openbudjet” portali orqali ovoz berish jarayonining joriy yil 1-mavsumida Baliqchi tumanidagi 66 ta mahalla bo‘yicha jami 12 ta loyiha g‘olib, deb topildi. Ovoz berish jarayonlarida tumandagi 91 ming 659 nafar fuqaro ishtirok etdi.  

Ovoz berish jarayonida tumandagi O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi aholisi 4 ming 744 ta ovoz to‘plab, mahalla hududidagi 2-umumta’lim maktabining eshik-romlarini yangilash, tashqi va ichki fasadini ta’mirlash loyihasi uchun 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ g‘olibi bo‘ldi.  

Mahalla ahlining hamjihatligi tufayli erishilgan muvaffaqiyat, ya’ni “Tashabbusli byudjet” tanlovi g‘olibligi mahallada katta tantana bilan nishonlandi. Ana shu tantanada tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, mehnat faxriylari boshlanajak ishlarning xayrli, yurtimizning tinch va yanada obod bo‘lishini tilab duolar qildi.

Badiiy jamoalar, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari