“Tashabbusli byudjet” loyihasida eng ko‘p loyiha Surxondaryo viloyatidan taqdim etilgan
Moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil ikkinchi mavsumi yakunlanganini ma’lum qildi.
Ikkinchi mavsumda jami 1 ming 418 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.
Shuni aytish joiz, bu gal ham eng ko‘p loyiha Surxondaryo viloyatidan taqdim etilgan – 13 ming 691 ta. Xorazm viloyati, Toshkent shahri va Buxoro viloyatida ham boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq tashabbuslar ilgari surilgan. Mamlakat bo‘ylab jami 60 mingga yaqin loyihalar saralab olingan.
Tashabbuslarning 32 foizi ichki yo‘llarni, ya’ni piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash, 13 foizi umumta’lim maktablarini ta’mirlash yoki jihozlash,12 foizi esa ko‘cha chiroqlarini ta’mirlash va o‘rnatishga doir.
O‘zA