Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi 1 fevraldan boshlanadi
11:58 / 2026-01-28

2026 yilning 1 fevralidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining joriy yilgi birinchi mavsumi start oladi. Mazkur mavsum loyiha joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Mavsum doirasida jarayonlar bir necha bosqichda tashkil etiladi. Xususan, 1-20 fevral kunlari fuqarolar tomonidan loyihalar kiritiladi. 21 fevraldan 7 martgacha taqdim etilgan loyihalar saralash bosqichidan o‘tkaziladi. 8-10 mart kunlari targ‘ibot ishlari olib boriladi, 11-20 mart kunlari esa ovoz berish jarayoni amalga oshiriladi.

Shuningdek, 21-31 mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblar e’lon qilinishi rejalashtirilgan.  

An’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Ta’kidlash lozimki, “Tashabbusli byudjet” qisqa muddatda xalqimizni birlashtiradigan katta bir ijtimoiy loyihaga aylandi. “Tashabbusli byudjet” jarayoni yildan-yilga kengayib, mazkur loyiha uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ham ortib bormoqda. Jarayonda g‘olib bo‘lgan hayotiy loyihalar asosida joylarda bir qator muhim va dolzarb masalalar ijobiy hal etilmoqda. Quvonarlisi, mazkur jarayonda fuqarolarning tashabbuskorligi va faolligi, mas’uliyati yuksalib bormoqda.  

Muhtarama Komilova,  

O‘zA