Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: Farg‘onada 97 ta loyiha g‘olib bo‘ldi
18:57 / 2023-09-18

“Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish jarayoniga joriy yilning ikkinchi mavsumida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 3390 ta loyiha ilgari surilgan edi. Ularning 2 ming 837 tasi tasdiqlangan.

Tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab 2 million 782 ming 376 ta ovoz berilgan. Joriy yilning ikkinchi mavsumi uchun o‘tkazilgan tanlovda Farg‘ona viloyatida 97 ta loyiha g‘olib bo‘ldi. G‘olib loyihalarning umumiy qiymati 122 milliard 381 million so‘mni tashkil etadi.  

Ilgari surilgan va g‘olib bo‘lgan loyihalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar eng ko‘p g‘olib bo‘lgan – 44 ta loyiha.  

Keyingi o‘rinda umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari turibdi – 14 ta loyiha. Uchinchi o‘rinda sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari – 13 ta loyiha. Ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (transformator, simyog‘och o‘rnatish) tadbirlari bilan bog‘liq 9 ta loyiha g‘oliblar orasidan o‘rin olgan. Qolgan barcha g‘olib bo‘lgan tashabbuslar 17 tani tashkil etadi.  

Hududlar kesimida olib qaraganda, Qo‘qon shahrida summasi 9,5 milliard so‘mga teng 8 ta loyiha, Farg‘ona shahrida umumiy qiymati 8,6 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan 7 ta loyiha, O‘zbekiston va Qo‘shtepa tumanlarining har birida qiymati 7,92 milliard so‘mga teng 6 tadan loyiha g‘olib bo‘lgan. Rishton, Quva tumanlarida, Marg‘ilon shahrida ham 6 tadan, Bag‘dod, Beshariq, Buvayda, Oltiariq, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona tumanlarida 5 tadan, Dang‘ara va Yozyovon tumanlarida 4 tadan, Quvasoy shahri, Furqat va So‘x tumanlarida 3 tadan loyiha g‘olib bo‘lgan.  

 

M.Sulaymonov,  

O‘zA