Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbusli byudjet: Farg‘ona viloyatida 126 ta tashabbus g‘olib deb topildi
18:28 / 2022-09-19

Tashabbusli byudjet loyihasining 2022 yil 2-mavsumi yakunlandi. Joriy yilning 15 iyulidan 17 sentyabrga qadar davom etgan jarayonda Farg‘ona viloyatida jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan takliflarning 2 ming 709 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu takliflarga jami 1 million 282,7 mingta ovozlar to‘plandi hamda loyihaga aholining qamrov darajasi 33 foizni tashkil etdi.

Mazkur tadbir uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalaridan jami 116,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Tashabbusli byudjet loyihasining natijalariga ko‘ra, viloyatda amalga oshirish qiymati 107,4 milliard so‘mlik 126 ta eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb topildi. Jumladan,

– Ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha amalga oshirish qiymati 56 milliard 784 million so‘mlik 54 ta loyiha;

– Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 14 milliard 45 million so‘mlik 18 ta loyiha;

– Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 10 milliard 225 million so‘mlik 11 ta loyiha;

– Ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha amalga oshirish qiymati 7 milliard 245 million so‘mlik 9 ta loyiha;

Bolalar maydonchalarini (o‘yingohlarini) barpo etish yoki ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha amalga oshirish qiymati 2 milliard 744 million so‘mlik 6 ta loyiha va boshqa masalalar bilan bog‘liq loyihalar g‘olib bo‘ldi. Shahar va tumanlar kesimida esa eng ko‘p g‘olib loyiha Farg‘ona shahrida qayd etildi: 23 ta. Qo‘qon shahrida 15 ta, Marg‘ilon shahrida 11 ta, Quva, Bag‘dod va Buvayda tumanlarida esa 7 tadan tashabbuslar g‘olib loyihalar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

M. Sulaymonov, O‘zA