Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: aholining faolligi oshdi
12:50 / 2024-01-05

Buxoro tumanidagi “Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 25-umumta’lim maktabi ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ilgari surilgan tashabbuslarda ketma-ket 4 mavsumdan buyon g‘olib bo‘lib kelmoqda. 2022 yilda 1,1 milliard so‘m mablag‘ hisobiga mazkur maktabning atrofi o‘ralib, yangi sport maydoni qurildi. 2023 yilda maktab joriy ta’mirlanib, moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Zamonaviy uskunalar bilan ta’minlandi. Ushbu ishlar uchun davlat byudjetidan 2,6 millirad so‘m mablag‘ ajratildi. Albatta, bu tashabbuslarda xonobodliklar va maktab jamoasining ahilligi qo‘l keldi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi doirasida Buxoro tumanida 16 ta taklif g‘olib deb topildi. Natijada 9 milliard 860 million so‘m mablag‘ ushbu takliflar uchun ajratildi. 2-mavsum doirasida esa jami 4 ta loyiha g‘olib deb topilib, ularni amalga oshirish uchun 5.1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Muxtasar aytganda, 2021 yilda tajriba tariqasida boshlangan “Tashabbusli byudjet” uch yil ichida yirik loyihaga aylanib ulgurdi. Mazkur jarayonlarda odamlarning faolligi oshdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri