French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbusli budjetlashtirish
16:37 / 2019-05-06

Shu bois, fuqarolar “Ochiq budjet”, “Openbudget.uz” elektron saytiga kirib, belgilangan mablag‘ni qaysi tadbirlar uchun ajratilishi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini berishi mumkin. Fuqarolar budjeti bu Sizning budjetingiz!



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2018 yildagi “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tuman(shahar)lar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbaalaridan kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Mazkur qarorning Bekobod shahridagi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ochiq budjet”, “Openbudget.uz” elektron sayti ishga tushirildi.

Shu bois, fuqarolar “Ochiq budjet”, “Openbudget.uz” elektron saytiga kirib, belgilangan mablag‘ni qaysi tadbirlar uchun ajratilishi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini berishi mumkin. Fuqarolar budjeti bu Sizning budjetingiz!

“Ochiq budjet”, “Openbudget.uz” axborot portalidan foydalanish uchun qo‘llanma:
-“Ochiq budjet”, “Openbudget.uz” axborot portaliga kirish uchun kompyuter, telefon yoki boshqa texnik qurilmalardan foydalanishingiz mumkin;


-“Openbudget.uz” axborot portalining sahifasi ochilgandan keyin sahifaning o‘ng burchagidagi ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosgan holda ko‘rsatmada belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim;


-“Openbudget.uz” axborot portalidan ro‘yxatdan o‘tilgandan keyin bosh sahifaga qaytiladi va qayta aloqa bo‘limiga, tashabbusli budjetlashtirish kichik bo‘limiga kiriladi; 


- Sahifa ochilgach o‘zingiz yashab turgan yoki taklif va ovoz bermoqchi bo‘lgan viloyatingiz va tumaningizni tanlaysiz;


- Sahifa ochilgach shahar moliya bo‘limi joylashtirgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirilishi uchun nazarda mablag‘lar to‘g‘risidagi e’lon bilan tanishasiz. Tanishib bo‘lgach e’lon ostida joylashgan “fikringizni qoldiring” maydonchasiga o‘z taklifingizni kiritib “yuborish” tugmasi bosiladi;


- Sizdan oldin qoldirilgan tadbirlardan biriga ovoz berish tegishli tadbir egasining ism-familiyasi yonida joylashgan “Klass” tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.


Tadbir oshkora va aholi ishtirok etishiga qulay bo‘lishi uchun moliyalashtirishga takliflar va takliflarga berilgan ovozlarni shakllantirish Moliya vazirligining “Ochiq budjet”, “Openbudget.uz” axborot portali orqali amalga oshiriladi. Jamoatchilik fikriga yo‘naltiriladigan mablag‘ miqdori “Ochiq budjet”ahborot portalida hududlar kesimida e’lon qilinadi.

Moliyalashtirishga takliflar va takliflarga ovoz berish e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 15 kun davom etadi.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi tadbir doirasida faqatgina 1 marotaba taklif berish yoki ovoz berish imkoniyatiga ega.
Tadbir doirasida eng ko‘p ovoz olgan tadbir jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbir hisoblanadi va shahar mahalliy budjetida hosil bo‘lgan qo‘shimcha manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishda faol ishtirok etib o‘z xududimizni obod qilaylik!


Bekobod shahar
moliya bo‘limi.