English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Tashabbuslari ildam - Yangi O‘zbekiston!»
09:29 / 2025-09-25

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley anjumani – 80-sessiyasidagi nutqida yangi tashabbusni ilgari surilganligi mamlakatimizni zamon bilan hamnafas, global o‘zgarishlarga, tezkor rivojlanishga ochiq va tayyor ekanligining namunasidir.

Zero, bugungi Yangi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirishga qaratilgandir. Xususan, mamlakatimizda ta’lim tizimiga qaratilgan innovatsion islohotlar nafaqat raqamlarda balki sifat ko‘rsatkichlariga muvofiq, dunyo ta’lim standartlariga xos bo‘lgan yangiliklar yaratish, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, kelajak bunyodkori sifatidagi shaxs siymosini shakllantirishning ustuvor masalasi sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz o‘z nutqida ta’kidlaganidek, «...maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz». 

Albatta bu Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori bo‘lgan sog‘lom fikrli, ilmli millatni tarbiyalashga qaratilgan tashabbuslarning yorqin namunasi desak ayni haqiqat bo‘ladi. 

Ochiq va oshkora siyosat yo‘lini tanlagan mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga, jumladan, maktabgacha va maktab ta’limi xususidagi fikrlarni eng yuqori minbardan turib aytilganligi, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirishga katta e’tibor berayotganligini anglashimizga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Prezidentimizning «...pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish» haqidagi taklifi biz pedagoglarni yangicha o‘qitish tizimini shakllantirishga munosib hissa qo‘shishimizga kuch-va shijoat beradi. 

Bugun dunyo hamjamiyatida ildam tashabbuslarni ilgari surayotgan Yangi O‘zbekiston – barcha islohotlari inson va uning manfaatlariga qaratilganligini o‘z so‘zida yana bir bor baralla ayta oldi. Yurtimizning yaqin kelajagini tubdan boyitadigan tarixiy tashrif, ko‘plab yangi g‘oyalarni amalga oshirishning lokomotivi bo‘lib xizmat qiladi. 

D.S.Abdullajanova, 
Jamoat xavfsizligi universiteti professori.