Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbuslar – e’tiborda
12:08 / 2024-08-14

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli va uzoq muddatli kredit mablag‘lari ajratib kelinmoqda.  

[gallery-18709]

Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 13 iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish-2-faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 146 million AQSH dollari ekvivalentidagi kredit liniyasi ajratilgan. Mazkur mablag‘ kichik va o‘rta biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan “Mikrokreditbank”, “Biznesni rivojlantirish banki”, “Turonbank” hamda “Asaka bank” aksiyadorlik tijorat banklari orqali har bir tadbirkorga 500 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda ajratilishi ko‘zda tutilgan.  

Bugungi kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 44 tadbirkorlik sub’ektiga 5,8 million AQSH dollari ajratildi, - deydi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Buxoro viloyati koordinatori Shohrux Omonov.  - Bundan tashqari, mazkur loyiha asosida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan 141 nafar yuridik va jismoniy shaxsga hokim yordamchilari hamda “Biznesni rivojlantirish banki” bilan birgalikda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz, jami 13,2 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratib berildi.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA