Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbuskorlar e’tirof etildi
11:47 / 2015-05-07

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 46 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakati hamda milliy hunarmandlikni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotir. Masalan, Samarqand viloyatida joriy yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,6 foizni tashkil etdi. Fermerlar esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilari bo‘lishi barobarida, keyingi yillarda qishloqda sanoatni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” tanlovi eng faol, ishbilarmon yurtdoshlarimiz faoliyatini o‘rganish va keng targ‘ib etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotir. Tanlovning tuman, shahar bosqichlarida mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan 500 ga yaqin turdagi mahsulot va 800 dan ziyod milliy hunarmandlik namunasi namoyish etildi.

Samarqand shahridagi “Zarafshon tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Suhrob Nasriddinov “Eng yaxshi tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Samarqand tumanidagi “A’zam Azamat agro” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Ahmadjon Sultonov “Eng yaxshi fermer” deb e’tirof etilgan bo‘lsa, Samarqand shahridan yog‘och o‘ymakor usta Mansur Asadov “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida qatnashadi.

Shuningdek, tanlovda “Eng yosh tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Eng yaxshi keksa tadbirkor”, “Eng yaxshi eksportchi” singari qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.