Tashabbuskor yoshlar yetakchisi "Mega loyihalar maktabi"ni tashkil qildi (+video)
So‘ngi yillarda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini oshirish va mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu yo‘lda yoshlar yetakchilari faollik ko‘rsatib, yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar faoliyati samaradorligini oshirish borasida tizimli mehnat qilmoqda.
Xususan, Namangan shahar, Yakkasada mahallasi yoshlar yetakchisi Mirzohid Abdullayev ham yoshlarga oid ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va doimiy ravishda yangilab borish jarayonlarini raqamlashtirish orqali yoshlarning ijtimoiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishda samarali mehnat qilib kelmoqda.
U o‘z tashabbusi bilan mahallada bo‘sh turgan binoga "Mega loyihalar maktabi"ni tashkil qildi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LQ26Ymttgzw" title="“Bizning qahramonlar” xotira kitobi taqdimoti o`tkazildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov(montaj),
O‘zA