Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbuskor ijtimoiy xodimlarning mas’uliyatli mehnatlari e’tirof etildi
13:03 / 2021-06-14

O‘zbekiston Milliy universiteti madaniyat saroyida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «Yilning eng yaxshi ijtimoiy xodimi» kasbiy ko‘rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov davomida xodimlarning kasbiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz hamda yolg‘iz istiqomat qiluvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘lami e’tirof etildi.

Mazkur bellashuv jarayonlari, ko‘rik tanlov shartlari va ijtimoiy xodimlarning sohaga oid bilimlari, normativ hujjatlarni bilish darajasi hamda zukkoligi nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. O‘z ishida ham oila va jamiyatda ham faol va tashabbuskor ijtimoiy xodimlarning yuksak hamda mas’uliyatli mehnatlari e’tirof etildi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasidagi 70 nafar fidoyi, oqila, zukko, mehribon ijtimoiy xodimlar 600 nafardan ziyod alohida ro‘yxatga olingan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg‘iz hamda yolg‘iz istiqomat qiluvchi pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olib, ularning uyida ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rik-tanlov har 2 yilda tashkil etiladi.

Barcha shartlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.