English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbus”da tashabbus ko‘rsatganlar
13:38 / 2016-03-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.

Barcha sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan tadbirkor, hunarmand va fermerlar tajribasini ommalashtirish, ular o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgan tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 500 ga yaqin subyekt o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, xizmat turlarini namoyish etdi. Ular orasidan saralangan 44 hunarmand, fermer va tadbirkor tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida bahslashdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlari kengashi, “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Taxtako‘pir tumanidagi “Qahramon-Taxta” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Jahongir Odilov “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. Nukus shahridagi “Muratbek-mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Muratbek Tangribergenov “Eng yaxshi tadbirkor”, kegeylilik xususiy tadbirkor Dilnoz Adilchayeva “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Eng yaxshi yosh tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor” kabi o‘ndan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.