Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi
14:56 / 2017-05-03

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichida “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishi bo‘yicha Jondor tumanidagi “Bo‘ston Nazar” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Nazar Hojiyev g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichida “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishi bo‘yicha Jondor tumanidagi “Bo‘ston Nazar” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Nazar Hojiyev g‘olib bo‘ldi.

– Xo‘jaligimiz paxta va g‘alladan har yili mo‘l hosil yetishtiradi, – deydi “Bo‘ston Nazar” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari N.Hojiyev. – Mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, chorvachilikni ham yanada rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda sutni qayta ishlab, 7 turdagi mahsulotni buyurtmachilarga yetkazib berayapmiz. Sexda 7 kishi ish bilan ta’minlangan. 4 gektarlik intensiv bog‘ hosilga kira boshladi. Istiqbolni ko‘zlab, o‘tgan yili o‘z mablag‘imiz hisobidan 80 tonna sig‘imga ega sovutkichni ishga tushirdik. Unda saqlangan mevalar qish va bahorda peshma-pesh bozorga chiqarildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat fermerlar kengashi va “Hunarmand” uyushmasi viloyat bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda viloyatda 13 ming 139 tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Hududiy yalpi mahsulotning 53 foizidan ziyodi ular hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 67 foizdan oshirish mo‘ljallanmoqda.

Tanlovda 39 tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘qimachilik va tikuvchilik, qurilish sanoati, xomashyoni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi, mahalliylashtirish dasturiga kirgan mahsulotlar, milliy hunarmandlik buyumlari namoyish etildi.

“Eng yaxshi tadbirkor” yo‘nalishida Buxoro shahridagi “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasi direktori Baxtiyor Jo‘rayev, “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishida Buxoro shahridan Ahmad Arabov g‘olib bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.