Faol xalqaro savdo yaxshi, faqat u xavfsiz bo‘lsa. Qishning ayozli kunlarida tarvuz tanovvul qilishga nima yetsin. Lekin, ushbu mahsulot sifatli va inson sog‘ligiga xavf solmasa foydasi tegishi mumkin. Biroq, ba’zi hollarda tarvuzning noqonuniy importi ham aniqlanmoqda.
Ana shunday holat Toshkent viloyatidagi “Yallama” o‘simliklar karantini chegara postida uchradi. Qozog‘istondan kirib kelgan yuk mashinasi mavjud tartibga asosan karantin ko‘rigidan o‘tkazilganda yashirincha tarvuz olib o‘tilayotganligi ma’lum bo‘ldi. 2.5 tonna poliz mahsuloti Xitoydan keltirilgan bo‘lib, yuk egasi mahsulot importi uchun talab etiladigan fitosanitariya sertifikatini taqdim eta olmagan.
Qayd etish lozimki, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunga asosan O‘zbekiston hududiga import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun karantin import ruxsatnomasi (IKR) va fitosanitariya sertifikati talab etiladi. Xalqaro namunadagi mazkur hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda mazkur yuk eksport qilgan mamlakatga qaytarib yuboriladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IT6_uN7-LIg" title="Tarvuzning noqonuniy importi oldi olindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA